Daryo

“Real” bosh murabbiyi: “Mag‘lubiyat uchun men javobgarman”

“Qirollik klubi” Ispaniya Kubogi 1/8 final bosqichida ikkinchi divizion vakili “Albasete”ga 2:3 hisobida yutqazib, musobaqa bilan xayrlashdi.

1 daqiqa o‘qish3 629 ko‘rishlar0 izoh1

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya Kubogi 2025/26-yilgi mavsumida jamoaning musobaqani erta tark etishi haqida fikr bildirib, mag‘lubiyatni o‘z zimmasiga oldi. 

“Bu klubda durang ham salbiy natija sifatida qabul qilinadi. Mag‘lubiyat esa, ayniqsa pastroq liga vakiliga qarshi bo‘lsa, yanada og‘ir baholanadi. Agar aybdor izlanadigan bo‘lsa, birinchi navbatda bu — men. Tarkibni tanladim, o‘yin uslubini belgiladim va almashtirishlarni amalga oshirdim. Futbolchilar meni yaxshi qabul qilgani uchun rahmat aytaman. Endi men ularning jismoniy hamda ruhiy holatini tiklashga yordam beraman. Tarkib borasida ishonchim komil edi. Jamoada iqtidorli futbolchilar bor, biroq men talab qilayotgan narsani darhol bajarish oson emas. Yakunda mas’uliyat baribir mening zimmamda qoladi”, dedi Arbeloa o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Ma’lumot o‘rnida, turnirning 1/8 final bosqichida “qirollik klubi” “Albasete”ga 2:3 hisobida yutqazdi. Hal qiluvchi gol ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘tkazib yuborildi. “Albasete” Ispaniyaning ikkinchi ligasi vakili bo‘lib, jamoa hozirda turnir jadvalida 24 ochko bilan 17-pog‘onani egallab turibdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar