Daryo

Tomas Tuxel mundialdan so‘ng APL klubini boshqarishi mumkin

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyining amaldagi shartnomasi Jahon chempionati yakuniga qadar mo‘ljallangan.

1 daqiqa o‘qish3 826 ko‘rishlar0 izoh0

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel milliy jamoa bilan shartnomasi yakunlangach, “Nyukasl Yunayted” bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tuxelning amaldagi shartnomasi 2026-yilgi Jahon chempionati final bosqichi yakuniga qadar amal qiladi.

Manbaga ko‘ra, “Nyukasl”ning hozirgi bosh murabbiyi Eddi Hau mavsum oxirida klubni tark etishi ehtimoli yuqori. Jamoaning APL turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turgani muxlislar noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Hau o‘zi ham agar klubni yangi bosqichga olib chiqa olmasligini his qilsa, lavozimidan ketishga tayyor ekanini bildirgan.

Ma’lumot uchun, 52 yoshli Tuxel “PSJ” bilan ikki marta Liga 1 chempioni bo‘lgan va “Chelsi” bosh murabbiyi sifatida Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Dortmundning “Borussiya” klubini boshqargan hamda “Bavariya”ni 2022/2023-yilgi mavsumda Bundesliga chempioniga aylantirgan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar