Daryo

Toshkentda mast haydovchi PPX xodimiga musht tushirdi (video)

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining ikki moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qilmishidan pushaymon bo‘lgan haydovchi uzr so‘radi.

1 daqiqa o‘qish18 579 ko‘rishlar1 izoh8

Toshkentda mast holatda avtomashina boshqarib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan, PPX xodimiga qoʻl koʻtargan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda YHXX xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani koʻchalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan. Haydovchilar oʻrtasida tortishuv yuzaga kelgani uchun Leapmotor haydovchisi 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, davlat raqam belgisiga ega boʻlmagan Malibu haydovchisi avariya sodir etib, unga nisbatan qoʻpollik qilayotganini bildirgan.

Foto: YHXX

Murojaatga asosan tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borgan yoʻl patrul xizmati xodimlari holatni rasmiylashtirish chogʻida mast holatda mashina boshqarib kelgan Malibu haydovchisiga alkotester moslamasi orqali tekshiruvdan oʻtishni taklif qilingan. Xodimlarning qonuniy talabiga boʻysunmagan mast haydovchi ularga faol qarshilik koʻrsatib, PPX xodimidan biriga musht ham tushirgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqaldi.

Ushbu haydovchi boshqa xodimlar hayoti, sogʻligʻiga zarar yetkazishning oldini olish maqsadida maxsus vositalardan foydalanib, zararsizlantirilgan.

“Leapmotor avtomashinasini turtib oldim. Toʻxtab, nima boʻldi ekan, deganimda kayfligim sababli u bilan gʻijillashganimda 102 ga qoʻngʻiroq qilib, ‘GAIʼlarni chaqirgandi. Shu bilan birga PPX xodimlari ham kelgandi. Ichganligim sababli qoʻlim koʻtarilib ketdi. Mingdan ming pushaymonman qilgan ishimdan. Ichki ishlar xodimlaridan uzr soʻrayman. Bu hol boshqa takrorlanmaydi”, degan aybdor haydovchi.

Hozirda qonunbuzar protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi, hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatish, 277-moddasi (bezorilik)3-qismi “g” bandi, bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini koʻrgan xodimga qarshilik koʻrsatish bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar