Daryo

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yuz bergan yong‘in deyarli bir soatda o‘chirildi

FVV bo‘linmalari hodisa joyiga xabar kelib tushganidan ikki daqiqa o‘tib yetib borgan. Yong‘in vaqtida uy aholisi evakuatsiya qilingan, jabrlanganlar yo‘q.

1 daqiqa o‘qish29 483 ko‘rishlar0 izoh7

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 13-iyun kuni ko‘p qavatli uyning tashqi qismida yuz bergan yong‘in deyarli bir soat ichida bartaraf etildi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 10:21 da Yakkasaroy tumani Nukus ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning fasad qismi yonayotgani haqida poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga ikki daqiqadan so‘ng soat 10:23 da yetib borgan.

Yong‘in boshlangan zahoti qutqaruvchilar tomonidan uyda yashovchi barcha fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. FVV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Yong‘in soat 11:00 da qurshab olinib, soat 11:10 da to‘liq o‘chirilgan. Vazirlik hodisa yuzasidan vaziyat to‘liq nazoratga olinganini bildirdi. Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

1-iyun kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan podstansiyada transformator yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Hodisa oqibatida tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha uzilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar