Daryo

Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatida ishtirok etmaydi

Futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin.

1 daqiqa o‘qish43 949 ko‘rishlar0 izoh42

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatida ishtirok etmaydi. jarohat sababli qaydnomadan chiqarildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, uning o‘rniga Ruslanbek Jiyanov 26 kishidan iborat ro‘yxatga kiritilgan. Shuningdek, Masharipov terma jamoadagi faoliyatini ham yakunlashi mumkin

Ma’lumot uchun, Jaloliddin Masharipov jarohati sabab uzoq muddat Eronning “Istiqlol” klubi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlarida ishtirok eta olmagan edi.

U 2026-yil 1-yanvar kuni Eron Proligasi doirasida “Sepahon”ga qarshi bahsning 73-daqiqasida maydonga tushirilgan va 90-daqiqada yana almashtirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Masharipovda tizzasidagi jarohat qaytalanishi kuzatilgan va futbolchi 31-yanvar kuni operatsiya qilingan.

33 yoshli futbolchi bosh murabbiy Fabio Kannavaro tomonidan mundial uchun yakuniy tarkibga kiritilgan va jarohatidan tiklanish bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan edi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar