Daryo

O‘zbekistonda avtoraqamlarni “Avtoraqam” ilovasi orqali sotib olish yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda avtomobillar uchun davlat raqam belgilarini berish tizimi yangilandi.

1 daqiqa o‘qish17 461 ko‘rishlar1 izoh8

O‘zbekistonda avtomobillar uchun davlat raqam belgilarini berish tizimi yangilandi.

Endilikda davlat raqamlarini tanlash va xarid qilish “AvtoRaqam” mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi. Ilova foydalanuvchilarga mavjud kombinatsiyalarni real vaqt rejimida kuzatish va tanlash imkonini beradi.

Qayd etilishicha, “chiroyli” raqamlar aynan ushbu ilova orqali tanlanadi. Oddiy davlat raqamlari esa “random” — tasodifiy tanlash tizimi orqali beriladi.

Har ikki holatda ham inson omili cheklangan bo‘lib, raqamlarni ajratish jarayoni elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

Davlat raqam belgilarini jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham xarid qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat raqam belgilarini tovar-xomashyo birjasi orqali auksionda sotish amaliyoti bekor qilingan. Endilikda mazkur xizmatlar yagona elektron tizim orqali ko‘rsatiladi.

“AvtoRaqam” mobil ilovasini App Store yoki Play Market platformalaridan yuklab olish mumkin.

Buxorodanman. Milliy universitetning Filologiya fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yil martidan beri musahhih lavozimida ishlayman va saytda chop etiladigan materiallar, katta maqolalarni tahrirlayman. Har yili “Sherlok”ning yangi va eski filmlarini ko‘rish uchun vaqt topaman. Rabg‘uziy qissalari ish stolimda turadi. Oxirgi o‘qigan kitobim “Hellados”.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar