Daryo

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Mukofot davlat rahbariga O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun berildi.

1 daqiqa o‘qish2 466 ko‘rishlar0 izoh0

Belgradda Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti — Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ordenni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.

Mukofot davlat rahbariga O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun berildi. Shavkat Mirziyoyev yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan hurmati, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va munosabatlarni rivojlantirishga intilish ramzi sifatida baholadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Serbiya Respublikasi ordeni xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, shuningdek, Serbiya bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun beriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 8-sentyabr kuni Belgrad shahridagi muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolangandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar