Daryo

Liga-1. “Monako” safarda “PSJ”ni mag‘lub etdi

Parij klubi Fransiya chempionati yangi mavsumida birorta uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi.

1 daqiqa o‘qish4 344 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiya chempionati 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Monako” 2:1 hisobida “Pari Sen-Jermen” ustidan g‘alabaga erishdi.

G‘oliblar safida Flaviu Nazinyo (58-daqiqa) va Stanis Idumbo (72) gol urdi. “PSJ”ning yagona goliga esa Markinos (31) mualliflik qildi.

Fransiyaning amaldagi chempioni “PSJ” mavsum startida birorta ham g‘alabaga erisha olmadi. Bungacha jamoa safarda “Renn” va “Lill” bilan durang o‘ynagan. Har ikki uchrashuv ham 2:2 hisobida yakunlangan.

“Monako” 9 ochko bilan Fransiya chempionati turnir jadvalini boshqarib bormoqda. 2 ochko jamg‘argan “PSJ” esa 12-o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda “Monako” 12-sentabr kuni safarda “Strasburg”ga qarshi maydonga tushadi. “PSJ” esa 13-sentabr kuni mehmonda “Brest” bilan bahs olib boradi.

Liga-1, 3-tur

“PSJ” — “Monako” 1:2

Gol: 1:0 — Markinyos, 1:1 — Nazinyo (58), 1:2 — Idumbo (72)

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar