Daryo

Yozgi transferlar oynasidan keyin “Neftchi” O‘zbekistonning eng qimmat klubiga aylandi

Farg‘ona klubining reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilishiga asosan bitta yirik xarid — Koffi Kuaoning jamoaga kelishi sabab bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish7 529 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi yozgi transferlar oynasidan so‘ng O‘zbekiston Superligasining eng qimmat klubiga aylanib oldi. Transfermarkt portalining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan barcha 16 ta jamoaning umumiy bozor qiymati jami 95,34 million yevroni tashkil etmoqda.

Farg‘onaning “Neftchi” klubi tarkibining umumiy qiymati esa 12,85 million yevroga yetgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ular uzoq vaqt davomida peshqadamlik qilib kelgan Toshkentning “Paxtakor”ni (12,28 mln yevro) klublarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Namanganning “Navbahor” (9,63 mln yevro) esa 3-pog‘onani band etgan. Kuchli beshlikni Qarshining “Nasaf” (8,45 mln yevro) va Samarqandning “Dinamo” (6,78 mln yevro) jamoalari yakunlab bergan.

“Neftchi”ning klublar reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilishiga asosan bitta yirik xarid — Koffi Kuaoning jamoaga kelishi sabab bo‘ldi. Kot-d’ivuarlik o‘ng qanot himoyachisining narxi 2,5 million yevroga baholangan bo‘lib, u hozirda O‘zbekiston Superligasining eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi.

Superliganing eng qimmat 10 nafar futbolchisi

  1. Koffi Kuao (“Neftchi”) — 2,50 mln yevro
  2. Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”) — 1,50 mln yevro
  3. Akmal Mozgovoy (“Paxtakor”) — 1,40 mln yevro
  4. Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”) — 1,30 mln yevro
  5. Sherzod Nasrullayev (“Paxtakor”) — 1,20 mln yevro
  6. Lyupcho Doriyev (“So‘g‘diyona”) — 1,20 mln yevro
  7. Hojimat Erkinov (“Paxtakor”) — 1,00 mln yevro
  8. Jamshid Iskanderov (“Neftchi”) — 1,00 mln yevro
  9. Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”) — 900 ming yevro
  10. Bashar Resan (“Paxtakor”) — 800 ming yevro

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Superligasining amaldagi chempioni Farg‘onaning “Neftchi” klubi hisoblanadi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar