Vogue jurnali eng zamonaviy itni tanladi. Jurnal muqovasi uchun eng bashang itni aniqlaydigan Dogue tanlovining ikkinchi mavsumi yakunlandi.
Tahririyat dunyo bo‘ylab o‘z itlarini jurnal muqovasi uchun modelga aylantirgan o‘quvchilardan minglab arizalar qabul qildi. Hakamlar hay’ati 25 ta finalchini saralab oldi. Italiya greyhaund (tozi) zotiga mansub Ser Spad laqabli it 2026-yilgi Dogue tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
G‘olib uchta mezon asosida tanlandi: surat kompozitsiyasi (50 foiz), surat orqali itning xarakterini yetkazish (25 foiz) va uning qobiliyatlari. Ta’kidlanishicha, Ser Spad dastlab hakamlar e’tiborini mukammal qaddi-qomati bilan tortgan, so‘ngra o‘zining “aqlli va sinchkov ko‘zlari” bilan ularni butunlay rom etgan.
Avvalroq Shimoliy Koreya hukumati aholiga it sho‘rvasini ichishni tavsiya qilgani haqida xabar berilgandi. Bunday sho‘rva issiq kunlarda “oyoqqa to‘kilib ketsa ham da’vo ekani” ta’kidlangan. Sababi mamlakatda havo harorati rekordi qayd etilgan.








