Daryo

OCHL 2. “Nasaf”ning guruhdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi jamoaga BAA, Bahrayn va Kuvayt klublari raqiblik qiladi.

1 daqiqa o‘qish17 463 ko‘rishlar0 izoh0

Malayziyaning Kuala-Lumpurdagi Osiyo futbol konfederatsiyasi qarorgohida Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqasi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini Qarshining “Nasaf” klubi himoya qiladi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi A guruhidan joy oldi. Ularga ushbu guruhda BAAning “Al-Vahda”, Kuvaytning “Kuvayt SK” va Bahraynning “Al-Haldiya” klublari bilan kuch sinashadi.

A guruhi

  • “Al-Vahda” (BAA)
  • “Nasaf” (O‘zbekiston)
  • “Kuvayt SK” (Kuvayt)
  • “Al-Haldiya” (Bahrayn)

B guruhi

  • “Al-Jazira” (BAA)
  • “Gol Gohar” (Eron)
  • “Al-Muharraq” (Bahrayn)
  • “Arqadag‘” (Turkmaniston)

C guruhi

  • “Al-Taavun” (Saudiya Arabistoni)
  • “Ar-Rayyan” (Qatar)
  • “Al-Faysali” (Iordaniya)
  • “An-Nahda” (Ummon)

D guruhi

  • “Al-Hussayn” (Iordaniya)
  • “Ash-Shorta” (Iroq)
  • “As-Sib” (Ummon)
  • “Ist Bengal” (Hindiston)

Sharqiy mintaqa

A guruhi

  • “Seul” (Koreya)
  • “Melburn Viktori” (Avstraliya)
  • “Vettel” (Vyetnam)
  • OCHL 2 saralash bosqichi g‘olibi

B guruhi

  • “Adeleyda Yunayted” (Avstraliya)
  • “Patum Yunayted” (Tailand)
  • “Layon Siti Seylors” (Singapur)
  • “Tay Po” (Gonkong)

C guruhi

  • “Machida Zelviya” (Yaponiya)
  • “Shanxay Shenxua” (Xitoy)
  • “Svayriyeng” (Kambodja)
  • “Tampins Rovers” (Singapur)

D guruhi

  • “Kanvon” (Koreya)
  • “Kuching Siti” (Malayziya)
  • “Kitchi” (Gonkong)
  • “Pnompen Kraun” (Kambodja)

Ma’lumot o‘rnida, Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqasining 1-tur uchrashuvi 15—17-sentyabr kunlar bo‘lib o‘tadi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar