Daryo

Jahon chempioni bo‘lgan murabbiy “Oltin to‘p”ga kim munosib ekanini aytdi

2025-yil ushbu sovrin “PSJ” hujumchisi Usmon Dembelega nasib etgan edi.

1 daqiqa o‘qish9 796 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026-yilgi “Oltin to‘p” sovrini uchun kurashda “Barselona” vingeri Lamin Yamal asosiy favorit ekanini aytdi.

Murabbiy 19 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi eng muhim o‘yinchilaridan biri bo‘lganini ta’kidladi.

“Ko‘pchilik Lamin Yamal Jahon chempionatida hech narsa ko‘rsatmadi, deb aytishi mumkin. Ammo o‘yinlarni diqqat bilan kuzatganlar uning jamoamizdagi eng muhim futbolchi bo‘lganini biladi. Menimcha, bu yil ‘Oltin to‘p’ni Lamin Yamal qo‘lga kiritishi kerak”, deydi de la Fuente.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilgi taqdirlash marosimi o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Mukofot tashkilotchilari — France Football nashri va UEFA 70 yil ichida birinchi marta tadbirni Fransiya poytaxtidan boshqa joyga ko‘chirishga qaror qildi. Marosim 26-oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu sovrin “Pari Sen-Jermen” vingeri Usmon Dembelega nasib etgan bo‘lsa, 2024-yilda uni ispaniyalik futbolchi Rodri qo‘lga kiritgan edi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar