Daryo

“Real” hujumchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin — AS

Braziliyalik futbolchi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida Madrid klubini vaqtinchalik tark etmoqchi.

1 daqiqa o‘qish2 850 ko‘rishlar0 izoh2

Angliyaning “Aston Villa” klubi Madridning “Real” hamda Braziliya terma jamoasi hujumchisi Endrikni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida Madrid klubini vaqtinchalik tark etmoqchi. Shu sababli, uning boshqa jamoaga o‘tishi ijara asosida amalga oshishi kutilmoqda.

Futbolchining o‘zi potensial xaridorlarga aniq talablar qo‘ygan: u asosiy tarkibning muhim o‘yinchisi bo‘lishni va nufuzli xalqaro turnirlarda, xususan, Chempionlar Ligasida ishtirok etishni xohlaydi. Qayd etilishicha, iqtidorli hujumchi atrofidagi vaziyatni Angliya klubidan tashqari Italiyaning “Roma” jamoasi ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Endrik 2025/2026-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida Fransiyaning “Lion” klubida o‘tkazdi. Uning bu yerdagi ishtiroki ancha omadli chiqdi: hujumchi barcha turnirlar doirasida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 8 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar