Daryo

“Oltin to‘p” uchun da’vogarlar ro‘yxati yangilandi

Squawka portali tomonidan tuzilgan ro‘yxatda Kilian Mbappe hamda Lionel Messi kuchli uchlikka kira olmadi.

1 daqiqa o‘qish18 979 ko‘rishlar0 izoh19

“Bavariya” va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn 2025/2026-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilishi va “Oltin to‘p” sohibiga aylanishi mumkin. Uning ushbu sovrinni yutish imkoniyati 40 foizga baholanmoqda. Bu haqda Squawka statistik portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jahon chempioni Lamin Yamalning “Oltin to‘p”ni olish ehtimoli 33 foizgacha oshgan. Ispaniya terma jamoasi va “Manchester Siti” yarimhimoyachisi Rodri esa 22 foiz ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe esa 17 foiz bilan 4-pog‘onani band etgan bo‘lsa, “Inter Mayami” futbolchisi Lionel Messi 9 foiz bilan kuchli beshlikni yakunlagan. 

Squawka talqiniga ko‘ra, jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish imkoniyatlari reytingi quyidagicha ko‘rinish olgan (top-5):

  1. Harri Keyn (“Bavariya”, Angliya) — 40%
  2. Lamin Yamal (“Barselona”, Ispaniya) — 33%
  3. Rodri (“Manchester Siti”, Ispaniya) — 22%
  4. Kilian Mbappe (“Real Madrid”, Fransiya) — 17%
  5. Lionel Messi (“Inter Mayami”, Argentina) — 9%

Ma’lumot uchun, ushbu sovrinning amaldagi g‘olibi “PSJ” futbolchisi Usmon Dembele hisoblanadi. “Oltin to‘p” mukofotini topshirish marosimi shu yilning 26-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar