Daryo

Saudiya va husiylar bir-biriga aviazarbalar berdi

Yaman guruhi Saudiyaning Jizan shahriga raketa uchirdi. Bu Ar Riyodning bir kun oldin qilgan hujumiga javob ekani ta’kidlandi.

2 daqiqa o‘qish5 739 ko‘rishlar0 izoh6

Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Yaman husiylari Saudiya Arabistoniga raketa zarbasi berganini e’lon qildi. Bu hujum 24-iyul kuni Ar Riyod guruhga tegishli nishonlarga zarba berganiga javob tariqasida amalga oshirildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

25-iyul kuni ertalab husiylarning Ansarulloh media kanali Telegram’da xabar tarqatdi. Unda aytilishicha, Yaman raketa zarbasi Saudiyaning Jizan shahrida yong‘inlar keltirib chiqargan. Saudiya hokimiyati bu viloyatda favqulodda xavf signallarini e’lon qildi.

24-iyul kuni Saudiya Arabistoni Yamanning Hodeyda port shahri hamda unga yaqin oroldagi husiy nishonlariga havodan zarbalar bergan edi. Bunga javoban husiylar javob qaytarishga qasam ichgandi.

Husiylar so‘nggi paytlarda Qizil dengizda yuk tashishga tahdid keltirib chiqarmoqda. Guruh dengizda Saudiyaga qarshi dengiz blokadasini joriy etgan. Buning ortidan shu haftada xom neft narxi yana bir barrel uchun 100 dollardan oshib ketdi. Bu May oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Lekin 24-iyul kuni tushdan keyin narxlar yana tushdi. Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Brent fyucherslari 4 dollardan ko‘proqqa arzonlab, 96 dollarni tashkil qildi. Pasayish Xitoy tomonidan ijaraga olingan ikkita supertanker Bob al-Mandeb bo‘g‘ozidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng sodir bo‘ldi. Avvalroq Tramp husiylarning Qizil dengizidagi harakatlari uchun Eron javobgar bo‘lishini aytib, og‘ir jazo berish bilan tahdid qilgani haqida xabar berilgandi.

Ayni paytda oxirgi ikki hafta ichida birinchi marta 25-iyulga o‘tar kechasi AQSH yoki Eron bir-birining pozitsiyalriga zarbalar berilgani haqida xabarlar berilmadi. Bungacha AQSH harbiylari Eronga ketma-ket 13 kecha hujum uyushtirgan edi.

Shu bilan birga Ummon delegatsiyasi Eron poytaxti Tehron shahriga yetib keldi. Eronning IRNA davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, ular Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. Omon ushbu bo‘g‘ozning janubiy sohilini nazorat qiladi.

24-iyul kuni tushdan keyin Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatlashgan Tramp Tehron bilan muzokaralar davom etayotganini aytdi. Shu bilan birga, u yangi hujumlar bilan tahdid qilishda davom etdi.

“Biz ular bilan aloqadamiz. O‘ylaymanki, ular bunga jiddiy qarayapti. Menimcha, ular biz ko‘rgan eng jiddiy holatda. Lekin bu hali kelishuvga erishdik degani emas”, dedi Tramp.

Eron urushidan chiqish strategiyasi haqida so‘ralganda, Tramp shunday dedi:

“Harbiy chiqish yo‘li bor, unda biz hozirgi usulda davom etamiz va hatto zarbani kuchaytiramiz. Bu ulardagi bor narsani yo‘q qiladi. Yoki kelishuv tuzishga olib keladigan aqlliroq strategiya bor. Ammo biz shay holatdamiz. Harakatga tayyormiz””.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar