Germaniyaning Berlin shahri prokuraturasi 68 yoshli erkakka nisbatan zo‘rlash ishi bo‘yicha ayblov e’lon qildi. Bu haqda Tagesschau xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, elektrik bo‘lib ishlagan erkak onlayn tanishuv ilovalari orqali ayollar bilan tanishib, ularni spirtli ichimliklar va uyqu dorisi yordamida behush holatga keltirgan. Shundan so‘ng ularni zo‘rlab, buni videoga olgan.
Jabrlanuvchi ayollar o‘zlarining zo‘rlanganidan bexabar bo‘lgan. Ular sodir bo‘lgan voqeadan faqatgina tergov jarayonida xabar topgan. Qo‘lga olingan shaxs 14 nafar ayolni zo‘rlaganlikda ayblangan. Shu bilan birga, prokuratura jinoyatchining qurbonlari jami 58 nafar ayol bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. Hozirda ulardan 30 nafarining shaxsi ma’lum, qolganlari bo‘yicha ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.
Berlin politsiyasi erkakni 2025-yil oldin xuddi shunday jinoyatlarda gumonlangan boshqa shaxs ortidan uni zo‘rlashda gumon qilgan. O‘shanda tergovchilar 68 yoshli erkakning uyida tintuv o‘tkazib, turli ma’lumot tashuvchi vositalarni musodara qilgan. 2026-yil fevral oyida tergovchilar ularda jinsiy jinoyat videolarini aniqlab, mart oyida erkakni hibsga olgandi.
Mavzuga aloqador:
Epshteynning o‘zbekistonlik qurboni uch yil davomida zo‘rlanganini aytdi
93 yoshli milliarder jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi








