Daryo

Ispaniya milliy jamoasi tarixiy rekord o‘rnatdi

“Qizil furiya” Jahon chempionati yarim finalida Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

1 daqiqa o‘qish5 544 ko‘rishlar0 izoh5

Ispaniya milliy jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati yarimfinalida Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, o‘ziga xos rekord o‘rnatdi. Opta Sports statistik portali xabariga ko‘ra, Ispaniya yirik xalqaro turnirlar (Jahon va Yevropa chempionatlari) pley-off bosqichida ketma-ket sakkizta o‘yinda g‘alaba qozongan tarixdagi birinchi Yevropa terma jamoasiga aylandi.

Luis de la Fuente shogirdlarining ushbu noyob seriyasi Yevro-2024 turniridan boshlangan. O‘sha musobaqaning pley-off bosqichida ispanlar ketma-ket Gruziya (4:1), Germaniya (2:1), Fransiya (2:1) hamda Angliya (2:1) terma jamoalaridan ustun kelgan edi.

Ayni paytda davom etayotgan JCH-2026 musobaqasida esa Ispaniya pley-off bahslarida mos ravishda Avstriya (3:0), Portugaliya (1:0), Belgiya (2:1) va kechagi yarim finalda Fransiya (2:0) terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Ma’lumot uchun, JCH-2026 ning hal qiluvchi final bahsida Ispaniya Angliya yoki Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 19-iyuldan 20-iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar