Daryo

Pokiston radarlardan g‘oyib bo‘lgan samolyot qoldiqlarini topdi (foto)

Yuk samolyoti bilan aloqa 7-iyul kuni yo‘qolgandi, uni qidirishga kema va radar samolyoti jalb etilgandi.

1 daqiqa o‘qish29 224 ko‘rishlar0 izoh15

Pokiston hukumati 7-iyul kuni Sharjadan (BAA) Karachiga parvoz paytida radarlardan yo‘qolgan Boeing 737-4M0 yuk samolyotining qoldiqlarini topdi. Bu haqda Flightradar24 aloqa direktori Yan Petchenik ma’lum qildi.

Samolyot K2 Airways aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Uning qoldiqlari Arabiston dengizida, Ormara shahridan taxminan 98 kilometr janubda topilgan. Hozirda ekipaj a’zolarini qidirish ishlari davom etmoqda. Bortda ikki nafar uchuvchi, ikki bort muhandisi va texnik xizmat xodimi bo‘lgan.

Foto: Flightradar 24

Samolyot Karachi port shahridan 250 kilometr g‘arbda, Arabiston dengizi uzra radarlardan yo‘qolgan. Pokiston aeroportlari boshqarmasiga ko‘ra, radarlar samolyotning keskin balandlik yo‘qotgani va yo‘nalishini o‘zgartirganini qayd etgan. Bundan bir necha daqiqa oldin uchuvchi navigatsiya tizimidagi muammolar haqida xabar bergan. Flightradar24 parvozlarni kuzatish xizmatiga ko‘ra, ADS-B (havo kemalarini kuzatish texnologiyasi)ning dastlabki ma’lumotlari “ehtimoliy halokatga ishora qilgan”.

Oxirgi uzatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot dengiz sathidan 1 100 fut balandlikda bo‘lgan va daqiqasiga taxminan 400 km soat vertikal tezlik bilan pasaygan. Samolyot qulashi mumkin bo‘lgan hududga Pokiston harbiy-dengiz kuchlarining “PNS Zulfiqor” kemasi va “Saab 2000” Erieye uzoq masofali radar samolyoti yuborilgan. Qidiruv operatsiyasiga Pokiston Milliy kemachilik korporatsiyasining “Lahor” tijorat kemasi ham jalb etilgan.

Foto: Flightradar 24

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif ekipaj a’zolarining oila a’zolariga hamdardlik bildirgan. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasini Pakistan Airports Authority davlat agentligi muvofiqlashtirmoqda. K2 Airways esa favqulodda xizmatlar bilan hamkorlik qilmoqda.

Foto: Flightradar 24

Mazkur samolyot dastlab yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, 1999-yilda Aeroflot aviakompaniyasi tarkibida foydalanila boshlagan. Keyinchalik, 2004-yilda Garuda Indonesia parkiga o‘tgan. 2012-yilda esa yuk samolyotiga aylantirilib, avval TNT Airways, so‘ng ASL Airlines tomonidan foydalanilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar