Daryo

Niderlandiya Ukrainaga boshqa harbiy yordam bermasligini ma’lum qildi

2022-yildan buyon Kiyevga milliardlab yevro sarflagan mamlakat Mudofaa vazirligi zaxiralar butkul tugaganini e’lon qildi.

1 daqiqa o‘qish14 529 ko‘rishlar0 izoh9

Niderlandiya Ukrainaga harbiy yordam berish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solib bo‘ldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Dilan Yeshilgoz Zegerius ma’lum qildi.

Uning aytishicha, qirollik boshqa davlatlarni Kiyevga harbiy va moliyaviy ko‘mak berishga undashda davom etadi.

“Niderlandiyada boshqa imkoniyat qolmadi. Chunki biz allaqachon juda ko‘p ish qildik”, dedi vazir Anqaradagi NATO sammitida Bloomberg agentligiga bergan intervyusida.

Ukrainaga yangi Patriot raketalarini yetkazib berish haqidagi savolga javob berar ekan, u mamlakat o‘z imkoniyatlari chegarasiga yetganini alohida ta’kidladi. Niderlandiya 2022-yildan buyon Ukrainani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun 9,1 milliard yevro sarfladi.

Mamlakat rasmiylari 2031-yilgacha Kiyevga yana qo‘shimcha 11,6 milliard yevro yuborishni rejalashtirmoqda. Iyun oyi boshida Niderlandiya Mudofaa vazirligi ukrainalik harbiylarni tayyorlash bo‘yicha Interflex dasturidan chiqishini e’lon qilgan.

Avvalroq Polsha bosh vaziri Donald Tusk mamlakati Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini, biroq yangi yirik harbiy yordam paketini ajratish masalasida ehtiyotkor yondashishini ma'lum qilgandi. Tuskning aytishicha, bu pozitsiya Polsha prezidenti Karol Navrotskiyga ham yetkazilgan. Bosh vazir Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordam zarurligini tan olgan holda, Polsha o‘zining Yevropa Ittifoqi va NATO oldidagi majburiyatlarini ham unutmasligi kerakligini aytdi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar