Daryo

Oyatulloh Ali Xomanaiyning uch oʻgʻli otasining janozasida qatnashdi (video)

Eronning marhum oliy rahnamosi bilan birga uning qizi, kuyovi, kelini va 14 oylik nabirasi ham dafn etiladi.

1 daqiqa o‘qish15 000 ko‘rishlar0 izoh10

Eronning marhum oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning dafn marosimida uning uch oʻgʻli ishtirok etdi. Ular otasining hamda yana to‘rt nafar oila a’zosining tobuti yonida janoza namozini o‘qidi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Eron davlat televideniyesi Mustafo, Meysam va Mas’ud Xomanaiylarning tobutlar ortida namoz o‘qiyotganini namoyish etdi. Marosim Tehrondagi “Imom Xomeyniy al-Musalla” majmuasi hovlisida bo‘lib o‘tdi.

Dafn marosimida Xomanaiyning yana bir o‘g‘li, amaldagi oliy rahnamo Mojtaba Xomanaiy “xavfsizlik nuqtayi nazaridan” ishtirok etmadi. Vidolashuv marosimlari Eronning beshta shahrida o‘tkaziladi va 9-iyulgacha davom etadi. Tobutni qo‘shni Iroqdagi shia ziyoratgohlariga olib borish ham rejalashtirilgan.

Ali Xomanaiy bilan birga uning qizi, kuyovi, kelini va 14 oylik nabirasi ham dafn etiladi. Ular Isroil va AQSHning fevral oyidagi aviahujumlari oqibatida halok bo‘lgandi. Mojtaba Xomanaiy 9-mart kuni otasining o‘rniga Eron oliy rahnamosi etib tayinlangan. Biroq aviahujum oqibatida olgan tan jarohatlari sabab u hali ham omma oldida ko‘rinish bermagan.

Tehrondagi vidolashuv marosimlari 3-iyul kuni boshlandi. Unda Oʻzbekistondan Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi. Xomanaiyning jasadi Mashhad shahrida o‘rta asr shia imomlaridan birining qabri yoniga dafn etiladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar