Daryo

O‘zbekiston delegatsiyasi Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlarida ishtirok etdi (video)

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi delegatsiya Eronda motam marosimlarida qatnashdi.

1 daqiqa o‘qish24 381 ko‘rishlar0 izoh9

3-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi delegatsiya Eronga borib, Ali Xomanaiy motam marosimida qatnashdi. Bu haqda Mehr agentligi xabar berdi.

Eron va Iroqda mamlakatning marhum oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlari 4–9-iyul kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

Turkiya vitse-prezidenti, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Turkmaniston sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Iroq prezidenti Nizar Amidi, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev, Qirg‘iziston parlamenti raisi Marlen Mamtaliyev ham vidolashuv marosimida ishtirok etish uchun Eronga kelgan.

Xomaniyning jasadi “Imom Xomeyniy al-Musalla” majmuasida saqlanmoqda. Marosimlarda 12 milliondan 20 milliongacha odam ishtirok etishi kutilmoqda. Bu Eron tarixidagi davlat miqyosida o‘tkazilayotgan tadbirlar ichida eng yirigi hisoblanadi.

U ziyoratchilar uchun minglab lagerlar tashkil etish, bir milliondan ortiq xorijdan kelgan mehmonlarni joylashtirish, Tehron markazi bo‘ylab odamlar oqimini tartibga solishni o‘z ichiga oladi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar