Daryo

“Turmush o‘rtog‘im hissiyotlarimga qarshi emas”. Muqaddas Sa’dullayeva Rayhon sevimli qo‘shiqchisi ekanligi va qizini aktrisa qilish orzusi haqida

Muqaddas Sa’dullayeva Instagram sahifasiga joylagan videosida turmush o‘rtog‘ining birinchi ayolini hurmat qilib, unga muxlislik qilishini aytgan.

2 daqiqa o‘qish197 404 ko‘rishlar0 izoh119

Turmushga chiqqach, kinodan uzoqlashgan aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva oilaviy hayoti, qizining aktrisa bo‘lishini xohlashi, xonanda Rayhonni yoqtirishi hamda Shahzoda Muhammedova bilan munosabatlari haqida gapirdi. 

“Turmush o‘rtog‘im romantik emasdi”

— Hamma onalar kabi bolalarimga mehribon onaman. Lekin to‘polon qilishiga chidab-chidab, keyin “portlab” ketaman. Iloji boricha tergamaslikka harakat qilaman. Dadasi ham qattiqqo‘llik qilmaydi-yu, lekin bir qarashlarining o‘zida tinchib qolishadi. 

Foto: Instagram

Oilamda meni juda erkalab, “asalim, shirinim” deb katta qilishgan. Turmush o‘rtog‘imning oilasida mehr, sevgi boshqacha bo‘lgan. Baribir hamma oila turlicha-ku. Yangi turmushga chiqqanimda kam erkalardilar, bu narsa g‘ashimga tegardi. Lekin menga ko‘proq mehr-muhabbat kerakligini tushunib, kechroq bo‘lsa ham hozir ana shunday erkalashga o‘tgan, deydi Muqaddas.

“Qizim aktrisa bo‘lishini xohlayman”

Foto: Instagram

— Qizim Sa’diya Instagram’da videolar olib, o‘zini-o‘zi xursand qilib yuradi. Iqtidori bor, o‘zi yoqtirgan narsalariga qarshilik qilmaymiz. Hali kichkina-ku, deymiz. Kinolarga taklif qilishsa hozir ruxsat berishimiz mumkin. Lekin katta bo‘lganida dadasi rozilik bermasa kerak. Men esa aktrisa bo‘lishini istardim, men ko‘rmaganlarimni u ko‘rsin. Lekin qizimning o‘zi ham dizayner bo‘lishni xohlayapti, deydi aktrisa. 

“Shahzoda Muhammedova bilan hech qachon urishmaganmiz”

Foto: Instagram

— Shahzoda bilan tanishishim qiziq bo‘lgan. Ota-onam meni shifokor bo‘lishimni istashgan, qondan qo‘rqqanim uchun psixologiya yo‘nalishida tahsil olganman. Onamni bir filmga buvi roliga taklif qilishgan, nabirasi rolini Shahzoda o‘ynayotgan ekan. O‘sha paytlar uning “Tundan tonggacha” filmidan keyin tanilgan vaqtlari edi. Rosa qiziqqanman, u bilan tanishgim kelgan. Onamdan meni ham syomkaga olib borib, Shahzoda bilan tanishtirib qo‘yishlarini so‘raganman. Borganman, oyim “Shahzoda, bu mening qizim Muqaddas, ikkalangiz dugona bo‘linglar” degan. Shu bilan hozirgacha qalin dugonamiz. 

Shahzoda bilan hech qachon qattiq urishmaganmiz, faqat ikkimiz ham oilamiz bilan bo‘lib ko‘risholmay, Instagram’ga birga rasmga tushib, joylolmay qolishimiz mumkin, deydi Muqaddas Sa’dullayeva.

“Rayhonni yaxshi ko‘raman” 

Muqaddas Sa’dullayeva Instagram sahifasiga joylagan videosida eng yoqtirgan xonandasi Rayhon ekanini yashirmagan.

Foto: Instagram

— Turmush o‘rtog‘im ichimdagi hissiyotlarga qarshilik qilmaydi. Bular mening ichki xohishim, hissiyotim ekanini hurmat qilib, nega ommaga aytyapsiz, demaydi. Yoshligimdan Rayhonni ham, Shahzodani ham yoqtiraman. Qo‘shiqlarini ham yoddan bilaman. Turmush o‘rtog‘imda ham ularga nisbatan yomonlik yo‘q. Hamma o‘z hayotida, oilasi bilan tinch, baxtli, deydi Muqaddas Sa’dullayeva.

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar