Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarning Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Bloger va boshlovchi Husnora Shodiyeva bir necha yillardan beri 8-mart kunini uyda o‘tkazmagani, va bu kunda sodir bo‘ladigan voqealarni deyarli unutayozgani haqida aytdi: “8-mart kuni har tomondan mehr va e’tiborni his qilish qanday ekanligini qayta esladim. Bu juda ham ajoyib”, deydi u.
Xonanda Milena Madmusayeva tarmoqqa yangi rasmlarini joyladi.
Xonanda Izzat Ibragimov 8-mart hamda hayit ayyomi munosabati bilan rafiqasiga yangi avtomobil sovg‘a qildi.
Taniqli aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva jiyani Abdulloh Ma’sudovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Turk aktrisasi Fahriye Evjen O‘zchivit Italiya sayohati aks etgan suratlari bilan bo‘lishdi.
Xonanda Sardor Mamadaliyev avtomobil boshqarish vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda xonandaning qoidabuzarlik holati aks etgan.
Mamadaliyev mazkur vaziyatga izoh berar ekan, o‘sha vaqtda biroz asabiy holatda bo‘lganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud jarayonlari bilan bog‘liq masalalar tufayli xayoli chalg‘ib, xavfsizlik kamarini taqish yodidan ko‘tarilgan.
“Odatda qoidalarga amal qilaman va qonunlarni hurmat qilaman. Biroq o‘sha kuni asabiy holatda bo‘lganim sababli kamarni taqish esimdan chiqibdi. Endi har qanday vaziyatda ham xavfsizlik qoidalariga rioya qilaman”, deydi xonanda.
Aktyor Yigitali Mamajonov taqdir haqida murakkab mulohazalar og‘ushida qolganini yozmoqda.
Xonanda Manzura turmush o‘rtog‘i bilan yangi rasmlarini tarmoqqa joyladi.
Xonanda Doston Ergashevga tug‘ishgan ukasi yangi avtomobil sovg‘a qildi. U o‘z quvonchini muxlislari bilan baham ko‘rdi.








