Argentina milliy terma jamoasi sardori Lionel Messi futbol bo‘yicha Jahon chempionatlari tarixiga kirdi. U mundiallarning ketma-ket 7 ta uchrashuvida gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Messining Jahon chempionatlaridagi ketma-ket 7 ta o‘yindan iborat golli seriyasi Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH—2022 musobaqasining pley-off bosqichidan boshlangan. Aniqroq qilib aytganda, bu tarixiy seriya 2022-yilning 3-dekabr kuni nimchorak finalda (1/8) Avstraliya terma jamoasi darvozasiga kiritilgan goldan boshlangan edi.
Messi o‘zining ushbu golli seriyasini 2026-yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichida ham davom ettirdi. Hujumchi JCH—2026 guruh bosqichidagi 3 ta o‘yinda jami 6 ta gol kiritishga erishdi va shu paytga qadar futbol tarixida hech kim uddalay olmagan noyob yutuq sohibiga aylandi.
Shuningdek, argentinalik hujumchi Jahon chempionatlarida urilgan umumiy gollar soni bo‘yicha ham rekordni yangiladi. Endilikda uning hisobida mundiallarda kiritilgan jami 19 ta gol mavjud. Ushbu ko‘rsatkich orqali Messi o‘zining eng yaqin ta’qibchilari bo‘lmish Kilian Mbappeni yanada ortda qoldirdi (fransiyalik hisobida 16 tadan gol bor).
Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Kabo-Verdega qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 4-iyul kuni Mayami shahridagi “Hard Rock” stadionida bo‘lib o‘tadi.








