Daryo

Rossiyada xorijiy yuk tashuvchilar ustidan nazorat kuchaytiriladi

Endilikda mamlakatga kirayotgan transport vositalarining jarimalari, “Platon” tizimi va pulli yo‘llar bo‘yicha qarzdorliklari avtomatik tekshiriladi.

1 daqiqa o‘qish3 210 ko‘rishlar0 izoh0

1-sentyabrdan Rossiyaga kirayotgan xorijiy avtotransport vositalari bo‘yicha yangi nazorat tartibi joriy etiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, transport vositalarining jarimalari, “Platon” davlat tizimi hamda pulli avtomobil yo‘llaridan foydalanish bilan bog‘liq qarzdorliklari avtomatlashtirilgan tartibda tekshiriladi.

Agar qarzdorlik aniqlansa, u to‘liq bartaraf etilmaguniga qadar transport vositasining Rossiya hududida harakatlanishiga ruxsat berilmaydi.

Mazkur talab Rossiya hududi orqali tranzit yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan xorijiy tashuvchilarga ham tatbiq etiladi.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xalqaro avtomobil tashuvchilariga Rossiyaga kirishdan oldin mavjud jarimalar, “Platon” tizimi va pullik yo‘llar bo‘yicha qarzdorliklarni tekshirib, ularni oldindan bartaraf etish tavsiya etilgan.

“Platon” Rossiyada og‘ir yuk avtomobillaridan federal avtomobil yo‘llaridan foydalanganlik uchun to‘lov undirish tizimi hisoblanadi.

Avvalroq “Adolatli Rossiya” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov migrantlarning xalqaro pul o‘tkazmalari uchun 3 foizlik komissiya undirishni taklif qilgandi.

U transchegaraviy o‘tkazmalarning aksariyati migrantlar hissasiga to‘g‘ri kelishini aytgan. Amaldor bu orqali har yili budjetga qo‘shimcha 45 milliard rubldan ortiq mablag‘ tushishini ma’lum qilgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar