Daryo

Yaponiyaga kirish besh barobarga qimmatlashadi

Mamlakat 1978-yildan beri ilk bor viza to‘lovi narxini oshirmoqda. Hukumat buni inflyatsiya va milliy valyuta — iyenaning qadrsizlanishi bilan izohladi.

1 daqiqa o‘qish6 803 ko‘rishlar0 izoh5

Yaponiya hukumati 19-iyun kuni yangi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, xorijliklar uchun mamlakatga bir martalik kirish vizasi to‘lovi 5 barobarga oshadi. Bu haqda Kyodo News xabar berdi.

Iyul oyidan boshlab ushbu to‘lov 3000 iyenadan 15 000 iyenagacha (90 dollar) ko‘tariladi. Bu 1978-yildan beri viza narxining ilk bor oshirilishidir. Hukumat bu qarorni inflyatsiya va Yaponiya milliy valyutasi — iyenaning qadrsizlanishi bilan izohlamoqda.

Shuningdek, ko‘p martalik vizalar narxi ham qimmatlashadi. Bunday viza sayohatchilarga belgilangan vaqt ichida Yaponiyaga bir necha bor kelib-ketish imkonini beradi. Endilikda uning to‘lovi 6 000 iyenadan 30 000 iyenagacha (185 dollar) ko‘tariladi.

“Bu qaror mamlakatga kelayotgan sayyohlar oqimiga darhol ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylamaymiz”, dedi Yaponiya tashqi ishlar vaziri Toshimitsu Motegi matbuot anjumanida.

Narxlarning bu tarzda oshirilishi Yaponiyadagi viza to‘lovlarini "Katta yettilik" (G7) davlatlari belgilagan narxlar darajasiga yaqinlashtirishi kutilmoqda.

Yaponiya yana ikki o‘zbekistonlikni mamlakatdan chiqarib yubordi

Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi Yaponiyada noqonuniy ravishda yashab turgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosini mamlakatdan chiqarib yubordi. Ma’lum qilinishicha, har ikki shaxs ham “talaba” vizasi bilan Yaponiyaga borib, viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy ravishda qolgan va rasmiylar tomonidan hibsga olingan.

Tokio vakillari “talaba” vizasi pul topish uchun emas, balki faqatgina o‘qish uchun berilishini, agar noqonuniy yashash yoki noqonuniy mehnat qilish holatlari aniqlansa, politsiya tomonidan hibsga olish va ushlab turish, immigratsiya muassasalarida qamoqqa olish yoki deportatsiya qilish kabi qat’iy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirdi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar