Eron terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Belgiyaga qarshi o‘yindan ikki kun oldin Meksikaning Tixuana shahridagi mashg‘ulotlar bazasini tark etib, AQSHga uchib ketishni rejalashtirgan edi. Biroq, ularning bu so‘rovi rad etilganini ma’lum qildi. Daily Mail nashrining Eron futbol federatsiyasi (FFIRI) matbuot kotibiga tayanib xabar berishicha, tashkilotchilarning ushbu qarori Eron tomonining keskin e’tiroziga sabab bo‘lgan.
“Eron terma jamoasi turnirga tayyorgarlik ko‘rish jadvalini oldindan taqdim etganiga qaramay, yana tashkilotchilar tomonidan joriy qilingan cheklovlarga duch keldi. Bu esa murabbiylar shtabining o‘quv-mashg‘ulot rejalariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. FFIRI ushbu holat yuzasidan o‘z noroziligini rasman bildirib, FIFA’ga shikoyat kiritadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, Eron va Belgiya o‘rtasidagi uchrashuv 21-iyun kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Forslar birinchi turda Yangi Zelandiyaga qarshi bahs olib borib, 2:2 hisobida durang o‘ynagan edi.








