Daryo

Rossiya harbiy kemasi La-Mansh bo‘g‘ozida Britaniya yaxtasiga o‘q uzdi

Voqea Buyuk Britaniyaga qarashli Uayt oroli va Fransiyaning Normandiya sohili o‘rtasida sodir bo‘lgan. Britaniya Mudofaa vazirligi hodisa yuzasidan tekshiruv boshlaganini ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qish13 829 ko‘rishlar1 izoh6

Rossiyaning “Admiral Grigorovich” fregati La-Mansh bo‘g‘ozida unga taxminan 500 metr masofaga yaqinlashgan Buyuk Britaniya bayrog‘i ostidagi fuqarolik yaxtasi tomon ogohlantiruvchi o‘q uzdi. Bu haqda Meduza yozmoqda.

Britaniyaning Press Association agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Voqea Buyuk Britaniyaga qarashli Uayt oroli va Fransiyaning Normandiya sohili o‘rtasida sodir bo‘lgan. Britaniya Mudofaa vazirligi hodisa yuzasidan tekshiruv boshlaganini ma’lum qildi.

Ogohlantiruvchi o‘q uzilgan Bright Future yaxtasi britaniyalik nafaqaxo‘rlar Alan va Jeyn Kelveyga tegishli. Er-xotin Buyuk Britaniya va Fransiya sohillari bo‘ylab sayohat qilib, mahalliy yelkanli sport musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda.

Hodisa Buyuk Britaniya 14-iyun kuni Rossiyaning “soya floti”ga aloqadorlikda gumon qilingan “Smirtos” tankerini qo‘lga olganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi. London bu urush boshlanganidan buyon ilk bor Rossiya bilan bog‘liq tankerga nisbatan bunday chorani qo‘lladi.

Avvalroq Buyuk Britaniya Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gaz (STG) tashuvchi “soyalar floti” kemalariga qarshi dunyoda birinchi bo‘lib sanksiya joriy etgan edi.

Toshkent tumanida tug‘ilganman. Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta'lim olganman. 2024-yil oktyabr oyidan buyon “Daryo”da muxbir lavozimida ishlayman. Asosan tahliliy maqolalar tayyorlash va intervyular bilan shug‘ullanaman. Sevimli filmlarim: “Forrest Gamp”, “Uzuklar hukmdori”, “Anna”, “Shoushenkdan qochish” Sevimli kitoblarim: “O‘tkan kunlar”, “Anna Karenina”, “Tirilish”, “Buyuk shaxmat taxtasi”, “Graf Monta Kristo”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar