Daryo

“Olis shahar” serialida ijodkorlar e’tiboridan chetda qolgan xatolar

“Olis shahar” serialining ikkinchi mavsumi yaqindagina o‘z yakuniga yetdi, biroq turk ijtimoiy tarmoqlarida tomoshabinlar payqagan xatoliklar hamon qizg‘in muhokama qilinmoqda.

2 daqiqa o‘qish4 864 ko‘rishlar0 izoh3

“Olis shahar” serialining ikkinchi mavsumi yaqindagina o‘z yakuniga yetdi, biroq turk ijtimoiy tarmoqlarida tomoshabinlar payqagan xatoliklar hamon qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Kecha va kunduz almashinuvi

Gap serialning bir qismidagi voqealar tunda boshlanib, so‘ngra kutilmaganda kunduzi davom etadigan holatlar haqida bormoqda. Qizig‘i shundaki, ssenariyda go‘yo hech qancha vaqt o‘tmagandek yozilgan. Masalan, Denizaning onasi qo‘rg‘onda Jiho bilan munosabatlarga oydinlik kiritayotgan sahnada shunday bo‘lgan. Turk tomoshabinlarining ta’kidlashicha, ikki mavsum davomida shunga o‘xshash beshtacha holat kuzatilgan: tun bir zumda kunga almashgan, bosh qahramonlarning suhbati esa hech qanday vaqt o‘tmagandek silliq davom etavergan.

Soatlar

Serialda aksessuarlar va interyer buyumlariga katta e’tibor qaratilgan. Loyihani kuzatib borayotgan turk tomoshabinlari birinchi mavsumning dastlabki qismlarida Jihon Alboraning soati doim bir xil vaqtni — 10:10 ni ko‘rsatib turganini payqashgan. Qizig‘i, gap faqat qo‘l soati haqida emas, balki uning ish xonasidagi soatlar ham aynan shu vaqtni ko‘rsatadi.

Alyaning poyabzali

Gap Nare operatsiya uchun shifoxonaga olib kelingan voqea haqida bormoqda. Dastlabki kadrlarda Alya baland poshnali tufli kiyib, zambil yonida turgan bo‘lsa, oradan bir lahza o‘tiboq u shippakda paydo bo‘ladi. Vaholanki, syujetga ko‘ra, Denizning onasi Narening yonidan hech qayerga jilmagan, ya’ni texnik jihatdan uning poyabzalini almashtirishga imkoni bo‘lmagan. 

O‘zkanning operatsiyasi

Nare o‘q yeganidan keyin unga donor kerak bo‘lib qolganda, eng munosib nomzod aynan O‘zkan ekani ma’lum bo‘ladi. U operatsiyaga darhol rozi bo‘ladi va amaliyot ortga surilmaydi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: xo‘sh, jarrohlik amaliyotidan oldin donorning majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi-chi? Axir, bu jiddiy operatsiya, shu sababli barcha tekshiruvlar o‘tkazilishi shart edi. Natijada O‘zkanning ahvoli keskin yomonlasha boshlaydi va keyinroq, operatsiya arafasida u yana spirtli ichimlik iste’mol qilgani oydinlashadi. Alboralar shifoxona egasi, Alya esa shifokor ekanini hisobga olsak, ular tahlillar o‘tkazish zarurligini bilmasliklari mumkin emasdi. 

Sanalardagi chalkashliklar

“Olis shahar” serialining har bir tomoshabini Bo‘ronning “o‘lgani” va oktyabr oyida dafn etilganini yaxshi biladi. Shu bilan birga, ikkinchi mavsumda Sadoqat xonadonidagilar bilan nafaqat uning ma’rakasini, balki Qoya va Ipakning bo‘lajak to‘yini ham muhokama qiladi va ularni imkon qadar tezroq — yoz oxirigacha, keyingi bir-ikki oy ichida turmush qurishga undaydi. Ayrim tomoshabinlarning fikricha, shu yerda ham xatolik bor: ya’ni Sadoqat to‘ng‘ich o‘g‘lining ma’rakasiga kuzda emas, bahorda tayyorgarlik ko‘ra boshlagan bo‘lib chiqadi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar