Daryo

Turk aktyori Ozan Akbabaning “Olis shahar” serialidagi gonorari oshkor bo‘ldi

Turk dizilarida suratga tushadigan aktyorlar juda tig‘iz grafik asosida ishlaydi. Ular ko‘pincha haftaning deyarli barcha kunlari suratga olish maydonchasida bo‘lishadi, dam olish esa juda qisqa muddat bilan cheklanadi. Shu bois ular yuqori miqdorda gonorar oladi.

2 daqiqa o‘qish4 909 ko‘rishlar0 izoh2

Turk kino va serial yulduzlarining qancha maosh olishi doimo muxlislar uchun qiziqarli mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Odatda bunday ma’lumotlar oshkor qilinmaydi, chunki aktyorlar va aktrisalar gonorarlari o‘rtasidagi katta farq jamoatchilik orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi. Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda va turk matbuotida ayrim ma’lumotlar baribir sizib chiqadi.

Yaqinda ham shunday ma’lumotlardan biri paydo bo‘ldi. Insayderlarga ko‘ra, turk aktyori Ozan Akbaba “Olis shahar” serialining bir epizodida suratga tushgani uchun qariyb 1,6 million turk lirasi (taxmina 37 ming AQSH dollari) miqdorida gonorar oladi. Serialning bir qismi odatda 2,5 soatga yaqin davom etishini hisobga olsak, bu loyiha aktyorlardan katta mehnat va vaqt talab qilishi tabiiy.

Turk dizilarida suratga tushadigan aktyorlar juda tig‘iz grafik asosida ishlaydi. Ular ko‘pincha haftaning deyarli barcha kunlari suratga olish maydonchasida bo‘lishadi, dam olish esa juda qisqa muddat bilan cheklanadi. Shu bois ular yuqori miqdorda gonorar oladi.

Foto: Haberler

Turk kino olamida aktyorlar maoshi bilan bog‘liq masala avval ham jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lgan. Xususan, 2025-yil o‘rtalarida aktyor Burak O‘zchivit “Hukmdor Usmon” seriali bilan yuzaga kelgan mojaro sabab e’tibor markaziga tushgan. U bir epizod uchun 4 million turk lirasi (92 ming AQSH dollari) gonorar talab qilgan, biroq prodyuserlik kompaniyasi buni rad etgan, oqibatda O‘zchivit loyihani tark etgan.

Bu holat serial jamoasini qiyin vaziyatga solib qo‘ydi. Chunki bir necha yil davomida bosh qahramonni ijro etib kelgan aktyorni to‘satdan almashtirish loyiha uchun jiddiy tavakkal edi.

Foto: Kinorium

Bundan tashqari, Turkiyada aktyorlar va aktrisalar o‘rtasidagi gonorar farqi ham ko‘p bora tanqidga olinadi. Ko‘plab loyihalarda erkaklar ayollarga nisbatan ko‘proq maosh olishadi va bu aktrisalarning mashhurligi yoki professional darajasiga bog‘liq bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda “Olis shahar” seriali nafaqat Turkiyada, balki boshqa mamlakatlarda ham eng mashhur turk seriallaridan biri hisoblanadi. Loyiha yuqori reytinglarni saqlab qolayotgani bois, uning yana bir necha mavsum davom etishi ehtimoli ham mavjud.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar