Daryo

Yevropaning 11 ta davlati rossiyaliklar uchun viza qoidalarini qiyinlashtirmoqchi

Shvetsiya boshchiligidagi koalitsiya Yevroittifoq rahbariyatiga xat yo‘lladi. Ular Ukrainadagi urush fonida rossiyalik turistlarning Yevropaga dam olish va xaridlar uchun kelishini cheklamoqchi.

2 daqiqa o‘qish5 740 ko‘rishlar0 izoh3

Yozgi ta’tillar mavsumi yaqinlashar ekan, Yevropa Ittifoqining to‘qqizta davlati hamda Islandiya va Norvegiya rossiyalik turistlar uchun viza shartlarini qiyinlashtirishni talab qilmoqda. Bu tashabbus Shvetsiya tomonidan ilgari surildi. Uni Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Latviya, Litva, Niderlandiya va Polsha qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

11 ta mamlakat YIning tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas va ichki ishlar bo‘yicha komissari Magnus Brunnerga qo‘shma xat yo‘lladi.

“Mening maqsadim aniq. Ukrainlar jang maydonida halok bo‘layotgan bir paytda rossiyaliklarning Yevropaga dam olish va xaridlar uchun kelishini to‘xtatmoqchiman”, dedi Shvetsiya migratsiya vaziri Yohan Forssell 4-iyun kuni.

Xatda aytilishicha, Rossiyaning 2022-yilda boshlagan tajovuzidan keyin Yevrokomissiya rossiyaliklarga viza berish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqqan edi. Biroq bu qoidalar hamma davlatda bir xil bajarilmayapti. Bu esa mamlakatlar o‘rtasida tengsizlikni keltirib chiqarmoqda.

Tashabbus mualliflariga ko‘ra, bunday holat YIning Rossiyaga qarshi pozitsiyasini susaytiradi. Ayniqsa, Moskva Ukrainadagi tinch aholi va infratuzilmaga hujumlar qilayotgan bir vaqtda bu noto‘g‘ri signal beradi. Shuningdek, xatda turli xil viza amaliyotlari butun Shengen zonasi xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi aytilgan.

Rossiyaliklarga eng ko‘p viza bergan davlatlar

Xatda aniq davlatlar nomi keltirilmagan, biroq Shengen barometri ma’lumotlariga tayanilgan. Unga ko‘ra, 2023-yildan 2025-yilgacha rossiyaliklarga berilgan vizalar soni muttasil oshib borgan.

2025-yilda rossiyaliklarga eng ko‘p vizani Fransiya bergan — qariyb 180 mingta. Bu 2024-yilga nisbatan sezilarli darajada ko‘p. Ikkinchi o‘rinda Italiya turibdi (qariyb 160 mingta), Ispaniya esa qariyb 100 mingta viza bilan uchinchi bo‘ldi.

Tashabbusga qarshi bo‘lganlar esa yirik davlatlar shunchaki ko‘proq ariza qabul qilishini aytmoqda. Ularning fikricha, vizalar YIning sanksiyalariga xalaqit bermaydi. Chunki urushga mas’ul bo‘lgan rossiyaliklar allaqachon jazolangan.

Talablar nimalardan iborat?

11 ta davlat Yevroittifoq organlaridan quyidagilarni talab qilmoqda:

  • yangi va majburiy viza cheklovlarini joriy etish;
  • amaldagi qoidalar ijrosini nazorat qilish;
  • mamlakatlarga doimiy ravishda umumiy statistikani taqdim etish;
  • sobiq rossiyalik harbiylarni aniqlash mexanizmini yaratish.

Bu masala Lyuksemburgdagi vazirlar yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. Biroq u rasmiy kun tartibiga kiritilmagani uchun hech qanday qaror qabul qilinmadi. Endilikda ushbu koalitsiya YIdan bahslarni qayta boshlash bo‘yicha taklif kutmoqda.

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 2,8 mlrd yevrolik yordam paketini tasdiqladi

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Kiyevni moliyalashtirish bo‘yicha 2024-yilda boshlangan 50 milliard yevrolik dastur doirasida 2,8 milliard yevro miqdoridagi yettinchi bor moliyaviy yordam ajratishni tasdiqladi.

Mablag‘ “Ukraina rejasi” doirasida belgilangan 12 ta talabdan 11 tasi bajarilgani uchun ajratilmoqda. Mazkur reja Ukrainani tiklash va modernizatsiya qilish strategiyasini hamda mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi uchun zarur islohotlar jadvalini o‘z ichiga oladi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar