Daryo

Eron AQSH hujumlariga yangi qurollari bilan javob qaytarmoqchi — OAV

Tramp uchta davlat yetakchisi sabab Eronga hujumlarni keyinga qoldirgandi. Tehron bu hujumlarni qaytarishda yetarli mablag‘ga ega ekanini ta’kidladi.

1 daqiqa o‘qish9 352 ko‘rishlar0 izoh10

Eron agar AQSH hujumlarni qayta boshlasa, unga qarshi yangi qurollaridan foydalanadi. Bu haqda Erondagi harbiy manba “RIA Novosti”ga ma’lum qildi.

“Biz mamlakatda zamonaviy qurollarni ishlab chiqardik, ular hali jang maydonida ishlatilmagan va amalda sinovdan o‘tkazilmagan”, dedi harbiy manba.

U shu tariqa AQSHning ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik haqidagi savolga javob berdi. Tehron zarbalarni qaytarish uchun yetarli mablag‘ga ega ekanini ta’kidlamoqda.

“Bu safar biz o‘zimizni vazmin tutmoqchi emasmiz”, dedi u.

18-may kuni AQSH prezidenti Donald Tramp uchta davlatning (Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA) iltimosi bilan Eronga 19-may boshlanishi kerak bo‘lgan hujumlar qoldirilganini aytdi. U bu davlatlarning yetakchilarini hurmat qilishini, agar urush bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, hujumlar takrorlanishini ta’kidladi. Tramp kelishuv shartlardan biri Tehronning yadro quroliga ega bo‘lmasligi ekanini aytdi.

AQSH va Eron kelishuv uchun qanday shartlar qo‘ymoqda?

Tasnim axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning talablari quyidagilarni o‘z ichiga olgan:

  • Barcha jabhalarda urushni zudlik bilan to‘xtatish (bu Isroilning Livandagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Hizbulloh”ga qarshi davom etayotgan hujumlariga ham tegishli);
  • AQSH tomonidan o‘rnatilgan Eronga qarshi blokadani to‘xtatish;
  • Eronga qarshi keyingi hujumlar bo‘lmasligi bo‘yicha kafolatlar berish;
  • Urush sababli yetkazilgan zararni qoplash;
  • Hormuz bo‘g‘ozi ustidan Eron suverenitetini saqlab qolish.
Fars axborot agentligi 17-may kuni AQSH yuqoridagi taklifga javoban beshta shart qo‘yganini xabar qildi. Ushbu shartlar orasida quyidagilar borligi aytilmoqda:

  • Eron faqat bitta yadroviy obyektni ishchi holatda saqlashi kerak;
  • Mamlakatning yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari AQSHga topshirilishi lozim;
  • AQSH Eronning muzlatib qo‘yilgan mablag‘larining 25 foizidan ortig‘ini qaytarmoqchi emas;
  • Livandagi urushni to‘xtatish masalasi muzokaralar davomida hal etilishi kerak.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar