Kataloniyaning “Barselona” klubi Ispaniya chempionati tarixida o‘z maydonidagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan ilk jamoaga aylanib, o‘ziga xos muvaffaqiyatga erishdi.
Kataloniyaliklar Ispaniya La Ligasining 37-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Sevilyaning “Betis” jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuv jamoa uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi: “ko‘k-anorranglilar” o‘z maydonida o‘tgan 19 ta o‘yinning barchasida (100 foizlik natija) zafar quchdi. Uy o‘yinlarida g‘alaba qozonish bo‘yicha avvalgi rekord Madridning “Real” klubiga tegishli edi. “Qaymoqranglilar” 1985/86-yilgi mavsumda 17 marta g‘alaba qozongan edi.
Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsum “Barselona” chempionlikni qo‘lga kiritdi. Hansi Flik boshqaruvidagi jamoa Ispaniya La Ligasining 35-turida Madridning “Real” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etib, muddatidan oldin chempionlikni tantana qildi. Bu “ko‘k-anorranglilar”ning Ispaniya chempionatidagi 29-chempionligi hisoblanadi.








