Daryo

Umarali Rahmonaliyev va “Sabah” ketma-ket ikkinchi bor Ozarbayjon Kubogini qo‘lga kiritdi (video)

“Boyqushlar” finalda kichik kambek amalga oshirib, “Zira” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

1 daqiqa o‘qish3 523 ko‘rishlar0 izoh2

“Sabah” klubi ketma-ket ikkinchi marta Ozarbayjon Kubogi g‘olibi bo‘ldi. Jamoa safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Umarali Rahmonaliyev faoliyat yuritadi.

“Boyqushlar” finalda kichik kambek amalga oshirib, “Zira” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi bo‘limda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan “Sabah” ikkinchi bo‘limda Orfe Mbina va Joy-Lens Mikelsning gollari evaziga g‘alaba qozondi.

Foto: Instagram/Sabah

Avvalroq jamoa Premyer Liga yakunlanishiga 4 ta tur qolganda o‘z tarixida ilk bor mamlakat chempioniga aylangan edi. Shu tariqa Boku shahri jamoasi joriy mavsumda “oltin dubl”ni rasmiylashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Sabah” 2025-yilda mamlakat Kubogi finalida “Qorabog‘”ni mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, Umarali Rahmonaliyev klubining asosiy futbolchilaridan biri sifatida mamlakat chempionati va Kubogidagi muvaffaqiyat uchun munosib hissa qo‘shdi. Yarim himoyachi Ozarbayjon klubi safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ozarbayjon chempioni sifatida “Sabah” UEFA Chempionlar Ligasining 2026-2027-yilgi mavsum saralash bosqichida ishtirok etadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar