UFC o‘rta vazn toifasi sobiq chempioni Xamzat Chimayev yarim og‘ir vazn toifasiga o‘tish borasida yakuniy qaror qabul qilgani yo‘q. Bu haqda sportchining jamoasi TASS agentligiga ma’lum qilgan.
Chimayev amerikalik Shon Striklendga hakamlarning bo‘lingan qarori bilan imkoniyatni boy berdi va o‘rta vaznda chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qila olmadi. Keyinroq UFC rahbari Dana Uayt matbuot anjumanida Chimayev unga yarim og‘ir vaznga o‘tishi haqida aytganini ma’lum qilgan edi.
“Hali biror qaror qabul qilingani yo‘q. Buni keyinroq muhokama qilamiz”, deya ma’lum qilgan Chimayevning jamoadoshi.
Chimayev 32 yoshda bo‘lib, UFC 328 turnirining markaziy jangida MMAdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Shuningdek, uning hisobida 15 ta g‘alaba bor. U chempionlik unvonini 2025-yilning avgust oyida Janubiy Afrika vakili Drikus dyu Plessi ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga qo‘lga kiritgan va ilk bor kamar himoyasini o‘tkazgan edi.








