Daryo

Suriya prezidenti akalarini hukumatdagi lavozimlardan olib tashladi

Ular prezident ma’muriyati bosh kotibi va Iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha oliy kengash vitse-prezidenti vazifasida faoliyat yuritardi. Qaror xalq bilan ishonchni qayta tiklashga urinish maqsadida qabul qilindi.

1 daqiqa o‘qish5 325 ko‘rishlar0 izoh7

Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a o‘zining ikki akasi — Maher va Hazemni ma’muriyatdagi yuqori lavozimlaridan bo‘shatdi. Bu haqda prezidentga yaqin manbaga tayanib, i24News xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tegishli qaror hukumatdagi kadrlar almashinuvi hamda Suriya xalqi bilan ishonchni qayta tiklashga urinish doirasida qabul qilingan.

Maher ash-Shara’a Suriya prezidenti ma’muriyatining bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Uning o‘rniga Homs viloyatining sobiq gubernatori Abdurahmon al-Oama tayinlandi.

Maherning rafiqasi rossiyalik bo‘lib, o‘zi ham rus tilida gaplasha oladi. Shu sababli u Ahmad ash-Shara’a va Moskva o‘rtasidagi o‘ziga xos “ko‘prik” hisoblanadi. i24news manbasiga ko‘ra, Maher yaqin orada Suriyaning Rossiyadagi elchisi etib tayinlanishi kutilmoqda.

Prezidentning yana bir akasi — Hazem ash-Shara’a Iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha oliy kengash vitse-prezidenti lavozimidan ketdi. Aprel oyida ularning otasi, iqtisodiy sharhlovchi Husayn ash-Shara’a o‘g‘illari haqida gapirib, Maher va Hazem o‘z lavozimlarini “qo‘llari pok va yaxshi obro‘ bilan” tark etishini aytgandi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar