Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 37,07 so‘mga ko‘tarilib, 12 074,28 so‘m bo‘ldi;
- yevro 147,17 so‘mga oshib, 14 218,67 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,24 so‘mga ko‘tarilib, 160,86 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi 43,68 so‘mga ko‘tarilib, 12 037,21 so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursi 30-aprelda 12 ming so‘mdan tushgandi.








