Daryo

BAA fuqarolariga uchta davlatga borishni taqiqladi

Amirliklar mintaqadagi vaziyat sababli fuqarolaridan zudlik bilan bu davlatlarni tark etishni so‘radi.

1 daqiqa o‘qish46 718 ko‘rishlar0 izoh19

Birlashgan Arab Amirliklari o‘z fuqarolariga “hozirgi mintaqaviy voqealar fonida” Eron, Iroq va Livanga sayohat qilishni taqiqladi. Bu haqda Amirliklar Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan Amirliklar fuqarolariga zudlik bilan ularni tark etish va vataniga qaytish tavsiya etildi.

“Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarining farovonligini nazorat qilish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘zi tomonidan chiqariladigan barcha yo‘riqnomalar va tavsiyalarga rioya etish muhimligini ta’kidlaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.

AQSH va Isroilning 28-fevral kuni Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlangachб bir qator davlatlar, jumladan, Islom respublikasining o‘zi ham havo hududini yopishga qaror qildi.

26-aprel kuni Axios nashri ikki nafar isroillik va bir nafar amerikalik amaldorga tayanib Isroil Eron bilan urush boshida BAAga “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimini va unga xizmat ko‘rsatuvchi harbiylar yuborganini xabar qildi. Urush boshlanganidan beri BAA mintaqadagi boshqa davlatlarga qaraganda Eron hujumlariga ko‘proq uchradi. Mamlakatga qariyb 550 ta ballistik va qanotli raketa hamda 2 200 dan ortiq dron uchirildi.

AQSH Davlat departamentining konsullik bo‘limi 4-martdan beri fuqarolarni xavfsizlikka jiddiy tahdidlar sabab Yaqin Sharqdagi bir qator davlatlarni zudlik bilan tark etishga chaqirmoqda. Ro‘yxatga 10 dan ortiq mamlakat va hududlar kiritilgan: Isroil, Eron, Iroq, BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar, Misr, Iordaniya, Bahrayn, Kuvayt, Ummon, Livan, Suriya, Yaman, shuningdek, Iordaniya daryosining G‘arbiy sohili va G‘azo sektori.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar