Kataloniyaning “Barselona” klubi yozgi transfer oynasida bir qator yetakchi futbolchilari bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga qaror qildi. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, “ko‘k-anorranglilar” moliyaviy holatni yaxshilash uchun tarkibdagi ayrim yulduzlar bilan xayrlashishga tayyor, biroq ularni arzon garovga qo‘yib yubormoqchi emas. Alexandro Balde, Jyul Kunde va Ronald Arauxo kabi futbolchilar jamoa bosh murabbiyi Hansi-Diter Flikning rejalaridan o‘rin olgan va klub ularning o‘yinidan mamnun. Ammo, agar ushbu o‘yinchilar uchun manfaatli va yuqori narxdagi takliflar tushsa, klub rahbariyati ularni ko‘rib chiqadi.
Himoyachilar orasida jamoani tark etish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan futbolchi — Alexandro Balde. Manbaga ko‘ra, klub yosh himoyachini 50 million yevrodan yuqori takliflar tushsa, sotish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” joriy mavsumda ajoyib natija qayd etmoqda. La Liganing 33-turidan so‘ng kataloniyaliklar 85 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa eng yaqin ta’qibchisi — Madridning “Real” klubidan 11 ochkoga o‘zib ketgan.








