Daryo

“Ukraina Erondagi urush tugashini kutib turolmaydi” — Zelenskiy

Prezident Yaqin Sharqdagi mojaro dunyo e’tiborini Ukrainadagi urushdan chalg‘itayotganini aytdi. U muzokaralar o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

1 daqiqa o‘qish3 904 ko‘rishlar0 izoh1

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaqin Sharqdagi vaziyat dunyo e’tiborini Ukrainadagi urushdan chalg‘itayotganini ta’kidladi. U bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Zelenskiyga ko‘ra, Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni faqat Erondagi mojaro yakunlangach, tiklash mumkin, degan qarash “katta xavf” hisoblanadi.

AQSH bilan texnik muzokaralar davom etayotgan bo‘lsa-da, Zelenskiy “Eron masalasi yopilmaguncha” yuqori darajadagi uchrashuv o‘tkazish imkonini ko‘rmayapti. U AQSH maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kushner bir vaqtning o‘zida ham Eron, ham Ukraina bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini “muammo” deb baholadi.

Ukraina prezidenti AQSHning Yaqin Sharqdagi vaziyatga e’tibor qaratishini tushunishini aytdi. Biroq urush davom etayotgan Ukrainani unutmaslik muhimligini ta’kidladi.

Ukraina haqida biroz keyinroq gaplashamiz...deb bo‘lmaydi. Ukraina — bu “biroz keyinroq” deydigan mavzu emas. Ukraina allaqachon katta fojiani boshdan kechirmoqda, biz bu bilan parallel ravishda shug‘ullanish yo‘lini topishimiz kerak, dedi u.

Zelenskiy, shuningdek, Erondagi mojaro sabab Ukrainaga ayrim muhim qurollar, ayniqsa, raketaga qarshi mudofaa tizimlari yetkazib berilishi to‘xtaganini bildirdi. Kiyev AQSHdagi ishlab chiqarish quvvatlari cheklangani bois bu vositalarni yetarli miqdorda ololmayapti.

Fevral oxirida Rossiya va Ukraina o‘rtasida hududiy masalalar bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qoldi. Aynan shu vaqtda Eron bilan bog‘liq mojaro AQSH muzokarachilari e’tiborini chalg‘itdi. Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish uchun Donbass ustidan to‘liq huquqiy nazoratni talab qilmoqda. Zelenskiy esa tinchlik evaziga hududiy yon bosish ehtimolini rad etib, buni “katta xato” deb atagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina Turkiyadan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvni tashkillashtirishni so‘ragan. Zelenskiy Rossiya va Belarusdan tashqari har qanday davlatda Putin bilan uchrashishga tayyor.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar