Daryo

“Real” Mourinyoni ortga qaytarishi mumkin — Mundo Deportivo

Portugaliyalik mutaxassis hozirda “Benfika” ustozi hisoblanadi.

1 daqiqa o‘qish3 063 ko‘rishlar0 izoh5

Madridning “Real” klubi sobiq murabbiyi, hozirda Portugaliyaning “Benfika” jamoasini boshqarayotgan Joze Mourinyoni ortga qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “qirollik klubi” mutaxassisni qaytarish masalasini o‘rganib chiqqan va hatto u bilan aloqa ham o‘rnatgan. Biroq hozircha tomonlar o‘rtasida aniq va rasmiy muzokaralar olib borilayotgani yo‘q. Mourinyoning o‘zi esa Madriddan tushadigan har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor va muloqot uchun ochiq ekanini bildirgan.

Shunga qaramay, Mourinyo nomzodi borasida “Real” rahbariyati ichida yakdillik mavjud emas. Klubdagi ba’zi mas’ullar portugaliyalik murabbiyning qaytishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Boshqa manbalar esa Mourinyoning ikkinchi marta “Santyago Bernabeu”ga kelish ehtimolini mutlaqo inkor etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 2010—2013-yillar davomida “Real Madrid”ni boshqargan va jamoa bilan Ispaniya chempionligi, Kubogi hamda Superkubogini qo‘lga kiritgan. Uning davridagi “El-Klasiko”lar futbol tarixidagi eng murosasiz o‘yinlar sifatida yodda qolgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar