Daryo

Aragon derbisi, qizil kartochka va “jangchi darvozabon” — Ispaniya chempionatida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)

Ispaniya Segundasining 37-turi doirasida kechgan “Ueska” va “Real Saragosa” o‘yini yakunida darvozabonning harakatlari sabab tartibsizlik yuzaga keldi.

1 daqiqa o‘qish4 969 ko‘rishlar0 izoh4

Ispaniya chempionatining 2-divizioni — Segunda 37-turi doirasida kechgan “Ueska” va “Real Saragosa” (1:0) jamoalari o‘rtasidagi Aragon derbisi ommaviy janjal bilan yakunlandi. “Saragosa”ning argentinalik darvozaboni Esteban Andrada o‘yinning so‘nggi soniyalarida raqib sardorini urgani uchun qizil kartochka oldi.

Uchrashuvning qo‘shib berilgan daqiqalarida hakam “Ueska” sardori Xorxe Pulidoni turtgani uchun Andradaga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, uni maydondan chetlatdi. Biroq, qizil kartochka olganidan so‘ng Andrada o‘zini tutib tura olmadi va maydonni tark etish o‘rniga Pulidoning yuziga kuchli zarba berdi.

Ushbu holat maydonda ommaviy mushtlashuvga sabab bo‘ldi. Natijada hakam yana ikki nafar futbolchi — “Ueska” darvozaboni Dani Ximenes va “Saragosa” himoyachisi Dani Tasendega ham qizil kartochka korsatdi.

Natijada uchrashuv tartibsizliklar bilan yakunlandi. Hakam Damaso Arsediano Monesilyo tomonidan tuzilgan qaydnomada voqea batafsil qayd etilgan. Unda Andradaning harakati tajovuzkorlik, ortiqcha kuch ishlatish sifatida baholanib, zarba oqibatida Pulidoning chap yonoq suyagi ko‘kargani ta’kidlangan. Shuningdek, mojaro davomida “Saragosa” darvozaboni Dani Ximenes hamda futbolchi Tasende ham maydondan chetlatilgani qayd etilgan.

Mazkur holatda aynan hakam qaydnomasi hal qiluvchi hujjat hisoblanadi. Ispaniya intizomiy qoidalariga ko‘ra, jarohatsiz tajovuz uchun 4 tadan 12 tagacha, jarohat bilan bog‘liq holatlarda esa 6 tadan 15 tagacha o‘yinga diskvalifikatsiya belgilanishi mumkin. Pulidoning jarohat olgani haqidagi qayd esa jazo muddatining oshishiga sabab bo‘lishi ehtimolini kuchaytirmoqda.

Voqea nafaqat Andradaning shaxsiy jazosi, balki “Real Saragosa” uchun ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Asosiy darvozabonning uzoq muddatga safdan chiqishi jamoaning sport natijalariga ta’sir qilishi, shuningdek uning klubdagi kelajagini ham savol ostiga qo‘yishi mumkin.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar