Daryo

“Barselona” katta transferlarga tayyorlanmoqda — Mundo Deportivo

Klub yangi mavsum oldidan hujum hamda himoya chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

1 daqiqa o‘qish10 449 ko‘rishlar0 izoh13

Kataloniyaning “Barselona” klubi yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishni maqsad qilgan. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar joriy mavsum yakunida “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvares hamda “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

“Atletiko” bilan 2030-yilgacha shartnomasi bo‘lishiga qaramay, Alvares jamoasini almashtirish haqidagi savolni ochiq qoldirgan. Garchi unga “Arsenal” va “PSJ” kabi klublardan moliyaviy jihatdan jozibador takliflar bo‘layotgan bo‘lsa-da, argentinalik hujumchi Kataloniya klubi loyihasini hammasidan ustun qo‘ymoqda.

“Klubda baxtliman, biroq futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin”, deya ta’kidlagan Alvares o‘z kelajagi haqida.

Italiyalik himoyachi Alessandro Bastonining transferi esa yanada haqiqatga yaqinroq ko‘rinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi faoliyatida yangi sahifa ochish vaqti kelganini anglab yetgan va aynan Hansi Flik qo‘l ostida to‘p surish niyatida. Hozirda sport direktori Deku bosh murabbiyning yakuniy ruxsatini kutmoqda. Agar Flik rozi bo‘lsa, futbolchi “Barselona”ga o‘tishi mumkin.

“Inter” o‘z yetakchisi uchun 70-80 million yevro so‘rayotgan bo‘lsa-da, Bastoni klub rahbariyati bilan gaplashib, ushbu narxni pasaytirishga va “Barselona”ga o‘tishni osonlashtirishga tayyorligini bildirgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar