Daryo

Xitoyda Fransiya fuqarosi qatl etildi

Erkak metamfetamin tayyorlash va sotishda ayblangan. Fransiya hukumati uni afv etishni so‘ragan edi.

1 daqiqa o‘qish20 683 ko‘rishlar0 izoh17

Xitoyda kelib chiqishi laoslik bo‘lgan 62 yoshli fransuz Chan Tao Fumi qatl etildi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

U 2010-yilda metamfetamin tayyorlash, kontrabanda qilish va sotishda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan. Fransiya hukumati uni gumanitar sabablarga ko‘ra afv etishni so‘ragan, biroq bu urinishlar samara bermagan. O‘lim hukmi Guanchjou shahrida ijro etilgan.

Fransiya hukumati “Channing advokati so‘nggi sud majlisiga kira olmaganidan afsusda ekanini” ta’kidladi va buni “uning huquqlarini poymol etish” deb baholadi. Shuningdek, Parij o‘lim jazosiga qarshi ekanini yana bir bor ta’kidlab, uni butun dunyo bo‘ylab bekor qilishga chaqirdi.

Chan Tao Fumi 2005-yilda hibsga olingach, dastlab umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Biroq ishda “yangi holatlar” aniqlangach, hukm qayta ko‘rib chiqilgan. Ayblovga ko‘ra, u 1999–2003-yillarda Xitoyda tonnalab metamfetamin ishlab chiqargan tarmoq tarkibida bo‘lgan.

Amnesty International tashkilotining 2024-yildagi hisobotiga ko‘ra, Xitoy har yili minglab odamlarni o‘limga hukm qiluvchi va bu borada dunyoda “yetakchi” bo‘lgan davlat bo‘lib qolmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar