Daryo

Italiyada qidiruvdagi mashhur mafia boshligʻi ushlandi

Uning oilasi Neapolda kontrabanda va narkotik savdosining katta qismini nazorat qilgan. Roberto Mazzarella odam oʻldirishda ayblangan. U rafiqasi va ikki bolasi bilan turgan hashamatli villada qoʻlga olingan.

1 daqiqa o‘qish6 694 ko‘rishlar0 izoh6

Italiyaning eng xavfli qidiruvdagi mafiya yetakchilaridan biri Roberto Mazzarella hibsga olindi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Mazzarella bir yildan ortiq vaqt davomida politsiyadan qochib yurgan. U “Kamorra” uyushgan jinoiy guruhining mashhur Mazzarella klaniga rahbarlik qilgan. Mafioz 3-aprel kuni kechqurun Amalfi qirgʻogʻida 1000 yevrolik (bir kechasi)hashamatli villada rafiqasi va ikki farzandi bilan boʻlgan paytda qo‘lga olingan. Politsiya u “qo‘lga olishga qarshilik ko‘rsatmaganini” ma’lum qildi.

Mazzarella Italiya Ichki ishlar vazirligining eng xavfli qidiruvdagilar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda turgan. 48 yoshli erkak 2025-yil 28-yanvardan beri qidiruvda edi. U 2000-yilda Antonio Mayone qotilligida ayblangan. Mayonening ukasi Ivan esa 1995-yilda Mazzarellaning otasi Salvatoreni oʻldirganini tan olgan.

Mafiozni qo‘lga olish operatsiyasida Karabineri tergov bo‘linmasi, Italiya harbiy-havo kuchlari hamda Salerno qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ishtirok etib, atrofdagi suv hududlarini nazorat qilgan.

Reyd davomida 20 ming yevro naqd pul, uchta qimmatbaho soat, shuningdek mobil telefonlar va soxta shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar topilgan. Mazzarella oilasi Neapolda kontrabanda va giyohvand moddalar savdosining katta qismini nazorat qiladi. Shuningdek, ular Milan va Italiya shimolida qalbakilashtirish hamda daromadlarni legallashtirish bilan shug‘ullanadi.

Uning qo‘lga olinishi siyosatchilar tomonidan olqishlandi. Yevropa parlamenti vitse-prezidenti Pina Picherno bu voqeani “davlatning buyuk g‘alabasi va mafiyaga qarshi kurashda aniq signal” deb baholadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar