O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Turning ushbu bahsida Termizning “Surxon” klubi o‘z maydonida “Buxoro” ustidan g‘alabaga erishdi.
Termiz shahridagi “Surxon” arenada o‘tgan o‘yin mezbonlarning ustunligi ostida o‘tdi. Uchrashuvdagi hisob 6-daqiqada “Surxon” hujumchisi Sunnatilla Abdullajonov tomonidan ochildi. 9-daqiqada “Surxon”ning nigeriyalik legioneri Stefen Chinedu farqni ikkitaga oshirdi.
33-daqiqada Shahzod Ubaydullayev “Buxoro”ning javob goliga mualliflik qildi. Biroq 45+4-daqiqada Chinedu penaltidan unumli foydalanib uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 3:1. Ikkinchi bo‘limda jamoalar har qancha harakat qilmasin, hisob o‘zgarishsiz qoldi.
Ushbu g‘alaba evaziga “Surxon” ochkolari sonini 7 taga yetkazib oldi va turnir jadvalining 9-pog‘onasini egallab turibdi. Mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan “Buxoro” esa 5-turdan so‘ng 10 ochko bilan 5-o‘rinni band etgan.
O‘zbekiston Superligasi, 5-tur
“Surxon” — “Buxoro” 3:1
Gollar: 1:0 — Abdullajonov (9), 2:0 — Chinedu (9), 2:1 — Ubaydullayev (33), 3:1 — Chinedu (pen, 45+4).








