Dam olish kunlari O‘zbekistonning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 4-aprel, shanba kuni Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida, Farg‘ona vodiysida, shuningdek, respublika janubidagi tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda shanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 19-21 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘adi
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor.
1 daqiqa o‘qish4 796 ko‘rishlar0 izoh1
Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.








