Daryo

“Urush qanday manfaatlarga xizmat qilmoqda?”: Eron prezidenti AQSH fuqarolariga murojaat qildi

Pezeshkiyon Fors ko‘rfazi davlatlariga zarbalar berishni “oʻrinli javob” deb atadi. Shuningdek, Trampning Eronni “tosh davriga aylantirish” tahdidiga munosabat bildirdi.

1 daqiqa o‘qish17 836 ko‘rishlar0 izoh20

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon urush yuzasidan AQSH fuqarolariga murojaat qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Prezident urushni Eron boshlamaganini, biroq “unga hujum qilganlarga qat’iy va jasorat bilan javob qaytarayotgani”ni aytdi. U eronliklar Amerika, Yevropa yoki qo‘shni mamlakatlar fuqarolariga nisbatan dushmanlik kayfiyatida emasligini bildirdi.

Pezeshkiyon Fors ko‘rfazi davlatlariga zarbalar berish va mudofaa salohiyatini kuchaytirishni “qonuniy o‘z-oʻzini himoya qilishga asoslangan oʻrinli javob” deb atadi.

U AQSH operatsiyasini “tajovuz”, muhim infratuzilmalarga berilgan zarbalarni esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eronning tinch aholisiga qaratilgan “harbiy jinoyat” deb atadi.

“Bu urush Amerika xalqining aynan qaysi manfaatlariga xizmat qilmoqda? Begunoh bolalarni qirg‘in qilish, saratonni davolashga mo‘ljallangan farmatsevtika korxonalarini vayron qilish yoki mamlakatni bombardimon qilib, “tosh davriga qaytarib qo‘yish” bilan maqtanish AQSHning xalqaro maydondagi obro‘siga yanada putur yetkazishdan boshqa biror maqsadga xizmat qiladimi?” dedi Eron rahbari.

Pezeshkiyon Eron yadroviy muzokaralarda qatnashayotgan paytda ikki marta hujumga uchraganini eslatdi. Birinchi holat 2025-yil iyunida, Isroil 12 kunlik urush boshlaganida yuz bergan — unda AQSH ham qisqa muddat qatnashib, Eronning yadroviy obyektlariga zarba bergan. Ikkinchisi esa 28-fevral kuni amalga oshdi.

Eron prezidentining bayonoti Tramp Tehronga qarshi navbatdagi tahdidini e’lon qilganidan bir necha soat o‘tib yangradi. AQSH prezidenti ikki-uch hafta ichida Eronga “oʻta qattiq” zarbalar berilishi va mamlakat “tosh davri”ga aylanishini aytdi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar