Daryo

Eronga qarshi urush AQSHga kuniga 2 mlrd dollarga tushmoqda

Ekspertlar bu xarajatlar oxir-oqibat oddiy amerikaliklar zimmasiga tushishini aytdi. Oq uy urushni davom ettirish uchun 200 mlrd dollar so‘ragan.

1 daqiqa o‘qish5 604 ko‘rishlar0 izoh8

Eron bilan urush AQSHga kuniga 2 milliard dollargacha tushayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda global mojarolarning iqtisodiy zararini o‘rganadigan ekspertlar BBC’ga ma’lum qildi.

Braun universitetining “Urush xarajatlari” loyihasi direktori Stefani Sevelning aytishicha, qurol-yarog‘, harbiy xarajatlar, AQSH aktivlariga yetgan zarar va boshqa qator omillarni hisobga olganda, urush allaqachon amerikaliklarga o‘nlab milliard dollar zarar yetkazgan.

“Davom etayotgan urushning har bir kuni davlat qarzining katta miqdorda oshishiga olib kelmoqda”, dedi Savel.

Pentagon mart oyi boshida urushning olti kuni Kongressga 11,3 milliard dollarga tushganini ma’lum qilgandi. Biroq Savel real raqamlar bundan ancha yuqori ekanini aytmoqda. Garvard universitetining mudofaa byudjeti bo‘yicha eksperti Linda Blayms ham urushning kunlik xarajatlari allaqachon 2 milliard dollar atrofida ekanini ta’kidladi.

Savelning ta’kidlashicha, bunday katta xarajatlar oxir-oqibat oddiy amerikaliklar zimmasiga tushadi. Urush allaqachon AQSHda benzin narxlarning oshishiga sabab boʻlgan. Bundan tashqari, inflyatsiya, biznesdagi noaniqlik va sug‘urta xarajatlarining oshishi kutilmoqda. Oq uy urush harakatlarini davom ettirish uchun yana 200 milliard dollar so‘ragan. Savell bu raqamni “juda katta summa” deb atadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar