Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida voyaga yetmagan aka-uka suvda cho‘kib ketib halok bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Voqea 19-mart kuni sodir bo‘lgan. 8 yoshli Z.S. va uning 6 yoshli ukasi Z.S. o‘z ehtiyotsizligi oqibatida “Buloqboshi” MFYda joylashgan suv taqsimlagich omboriga tushib ketib, vafot etgan. 6 yoshli bola suv taqsimlagich ombori hududida o‘ynab yurgan vaqtida qo‘lidagi o‘yinchog‘i suvga tushib ketgan. Uni olish uchun suvga tushgan va o‘zini boshqara olmay suvga cho‘kib ketgan. Uning akasi ukasini qutqarish uchun o‘zini suvga tashlagan. Oqibatda xar ikkisi suvda dimiqib, hodisa joyida vafot etgan.
Bolalar uyga qaytmaganidan so‘ng otasi ularni qidirgan va kanal hududida bolalar cho‘kib ketganini ko‘rgan. FVV qutqaruv xizmati tomonidan murdalar suvdan olib chiqilgan. Murdalar tashqi ko‘zdan kechirilganida tanasida tan jarohatlari va ulardan qolgan izlar aniqlanmagan. Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotnomasida voyaga yetmagan bolalar o‘limiga “nafas yo‘llarining suv bilan berkilishi natijasida mexnik asfiksiya” sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Beshariq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda va tekshiruv harakatlari nazoratga olingan.
O‘tgan yilning yozida Toshkent viloyatining Angren shahrida ikki nafar qiz suv omborida cho‘kib ketgandi. Parkent tumanida 3 nafar bola suvga cho‘kib halok bo‘lgandi.
Farg‘onada bir oilaning ikki farzandi suvda cho‘kib halok bo‘ldi
Ular 6 va 8 yoshdagi bolalar bo‘lgan. Suv taqsimlagich omboriga tushib ketgan o‘yinchoqni olaman deb ikkovi cho‘kib ketgan.
1 daqiqa o‘qish4 418 ko‘rishlar0 izoh0
Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.








